Shavkat Mirziyoyev «O‘zneftmahsulot» raisini majlis jarayonida ishdan bo‘shatdi
Ma'lumki, 2017 yil 14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi.
2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Yo‘l qo‘yilgan xatolar va kamchiliklar, tashabbussizlik uchun ayrim rahbarlar ularni bartaraf etish hamda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarni yanada jadal rivojlantirish bo‘yicha o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali ijrosini ta'minlashda shaxsan javobgar ekanliklari haqida ogohlantirildilar.
Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev "O‘zneftmahsulot" faoliyatidagi bir qator kamchiliklar xususida o‘z fikrini bayon qildi.
"Shunday katta tashkilot rahbari 1 trillion qarzingiz bor, indamay yuribsiz, davlat puli-ku bu, agar bu byudjyetga tushganda qancha pul bo‘lardi? Nimaga 5 yildan beri birorta yangilik yo‘q? Shu bois Sultonovni ishdan olish to‘g‘risida taklif emas, qaror qabul qilindi", - dedi davlatmiz rahbari.
Shuningdek Shavkat Mirziyoyev "O‘zkimyosanoat" aksiyadorlik jamiyati raisi Ibragimov Normat Sa'dullayevichni ham ishdan olishni taklif qildi.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024