Light | 15:44 / 16.01.2017
13092
5 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz o‘z o‘quvchilariga yuzlanadi: 2016 yil sarhisobi va 2017 yil rejalari

O‘tgan 2016 yil har bir sohada sarhisobli yil bo‘ldi. Bu yilda kimdir muvaffaqiyat sari odimladi, boshqa birov uchun esa yangi g‘oyalar imkoniyati tug‘ildi, kimlar uchundir esa o‘z g‘oyalarini amalga oshirish yili bo‘ldi. Shuni aytib o‘tish lozimki, saytimiz faoliyatida ham ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. Ortga qarab, o‘tgan yil sarhisobiga nazar tashlaganimzda, qilayotgan mehnatlarimiz, amalga oshirayotgan g‘oyalarimiz bejizga emasligini, o‘zbek o‘quvchisining dunyoqarashi yanada kengayib, O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni kuzatishda faol bo‘layotgani va mana shu jarayonga ozgina bo‘lsada hissa qo‘shayotganimizdan mamnun bo‘ldik.

Shu o‘rinda aytib o‘tishimiz lozimki, Kun.uz sayti o‘z ishini 2012 yil 16 yanvaridan boshlagan. O‘tgan davr mobaynida jamiyat hayotida yangilik bo‘lgan internet jurnalistikasi sohasida dadil qadam tashlash dastlab bizni biroz cho‘chitdi, ammo odamlarimizning talab va istaklari va jamiyatning tezkor,xolis axborotga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, o‘z g‘oyalarimizni amalda tatbiq etishga kirishdek.

2012 yildan 2013 yilga qadar bo‘lgan vaqt mobaynida saytimizga tashriflar soni 1 600 000 kishini tashkil etib, unda ko‘rilgan sahifalar soni 5 200 000 tani tashkil etgan edi.

Bu raqamlar 2015 dan 2016 yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida ijobiy tomonga o‘zgardi: tashriflar soni 32 000 000 kishini tashkil etdi, 154 000 000 sahifa kuzatildi.

Bu holat 2016 yildan 2017 yilgacha quyidagicha tus oldi: Saytga 66 345 000 kishi tashrif buyurdi va unda 255 000 000 sahifa o‘qildi. Demak o‘rtacha hisobda 2016 yil davomida saytga bir kunlik tashriflar soni 181 000 dan ortiq kishi bo‘lsa, ular 698 000 dan ortiq sahifani ko‘rishgan.

Shu o‘rinda qo‘shimcha qilishni lozim topdik: saytga kiruvchilarning 70 foizdan ortig‘i O‘zbekiston, 15 foizi MDH davlatlari, 10 foizi Osiyoning boshqa davlatlari, qolgan 5 foizi dunyoning boshqa davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Auditoriyamizning aksariyat qismi ya'ni 76 foizi erkaklar bulsa, 24 foizi ayollarni tashkil qiladi!

Bu borada yosh jihatdan olib qaralsa:
25-34 yoshlilar 42 foiz;
18 -24 yoshlilar 19 foiz;
35-45 yoshlilar 17 foiz;
45- 54 yoshgacha bulganlar 10 foiz;
55-64 yoshgacha bulganlar 10 foiz;
65+ 2 foizni tashkil etadi.

2016 yilda 60 mingdan ortiq yangilik va maqolalar saytga joylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdagi obunachilar soni 16.01.2017 sanasiga ko‘ra:
Instagram’da 291 ming;
“Odnoklassniki” 153 ming;
“Telegram” kanalimizda 110 ming; 
Facebook ijtimoiy tarmog‘ida 90 mingdan ortiq;
Twitter’da deyarli 17 ming obunachi bizni muntazam va faol kuzatib boradi.

Yana bir ajoyib yangilik! 2017 yilning ilk kunlaridan Youtube videoxostingida ham o‘z kanalimizni ishga tushirdik. U yerda hozirgacha 500 kishi obuna bo‘lishga ulgurdi (sizga ham kanalimizga qo‘shilishni tavsiya etamiz, chunki qiziqari yangiliklarni endi video shaklda ham kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bulardan tashqari, “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ham o‘z sahifamizni yurita boshladik. Hozirga qadar u yerda 62 baxtli inson obuna bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi!

Sayt dizayni bir yil ichida uch marotaba o‘zgardi. Mobil ilovalar (Android va IOS) qayta ishlandi va bularning bari o‘quvchilarimizga yanada qulaylik va yengillik yaratish maqsadida amalga oshirildi.

2017 yildagi rejalarimiz ham bisyor. Mazkur yil yurtimizdagi barcha sohalarda rivojlanish va taraqqiy etish yili bo‘lsin. Kun.uz ijodkorlari ham izlanishdan aslo to‘xtamaydi. O‘z mushtariylariga yangidan yangi g‘oyalar, o‘zgarishlarni taqdim etishda davom etadi. Bizni kuzatishdan charchamang, zero Ona sayyoramiz aylinishda davom etadi va undagi har bir soniyada bo‘layotgan yangiliklar talqinini faqat Kun.uz’da tilga olinadi!

E'tibor uchun tashakkur hurmatli o‘quvchi!

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid