O‘zbekiston | 20:16 / 29.01.2025
4224
2 daqiqa o‘qiladi

Kun.uz – O‘zbekistonda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAV

Kun.uz O‘zbekistonning iqtibos indeksi eng baland nashri va ijtimoiy media uchun trend belgilovchi OAV hisoblanadi. Brand Analytics tahlillariga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarning o‘zbekistonlik foydalanuvchilari eng ko‘p iqtibos keltirgan nashrlar orasida Kun.uz yaqqol yetakchiligi bilan ajralib turadi.

Foto: Brand Analytics

MDH mamlakatlarida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarining qamrovini monitoring qilib boruvchi Brand Analytics O‘zbekistondagi elektron axborot makonini tahlil qildi.

Tahlilchilarga ko‘ra, axborot makonini shakllantiruvchi eng muhim bo‘g‘in – ommaviy axborot vositalari sanaladi. Kun.uz esa ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p iqtibos keltiriladigan OAVlar orasida yaqqol yetakchiligi bilan ajralib turadi.

2024 yil oktyabr oyida ommabop ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar foydalanuvchilari Kun.uz materiallariga 54 334 marta ochiq havola berishgan. Bu – iqtibos indeksi eng baland nashrlar qatorida keyingi o‘rindagi O‘zAdan (15 628 ta iqtibos) 3,5 barobarga yuqori.

Hisobot davrida internet foydalanuvchilari Daryo.uz'ga 13 182 marta, Gazeta.uz'ga 9462 marta havola berishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyida Kun.uz'ning YouTube'dagi rasmiy sahifasi obunachilari soni 3 milliondan oshgandi. 2025 yilning ilk kunlarida esa Kun.uz'ning Instagram sahifasida obunachilar soni 6 milliondan oshdi.

Mavzuga oid