Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev: Tadbirkorlar qo‘rquv tufayli turli darajadagi amaldorlar bilan “kelishib olishga” majbur bo‘lmoqda
14 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi va turli sohalardagi bir qator muhim kamchiliklar haqida so‘z yuritdi.
Xususan O‘zbekiston Prezidenti tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq masalaga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Tadbirkorlar bilan shaxsan uchrashishga sizlarga nima xalaqit beradi? Albatta, bu uchrashuvlarda sizlarga yoqmaydigan savollar berilishi tabiiy.
Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda shaxsan o‘zim shunga qattiq ishonch hosil qildimki, bunday savollarni berishga ularning to‘liq va qonuniy huquqi bor.
Bu huquqni ular turli ma'lumotnoma, ruxsatnoma va sertifikatlar, kredit olishda necha kunlar navbatda turish, noqonuniy tekshiruvlar, boy berilgan iqtisodiy va moliyaviy foyda hisobidan qo‘lga kiritgan.
Shu bilan birga, tadbirkorlarning ko‘pchiligi haqiqiy fuqarolik pozitsiyasida turib, yetim bolalar va nochor oilalarga, mahallalar va ijtimoiy soha muassasalariga beg‘araz yordam bermoqda.
Buning evaziga ular nima olyapti? Birinchisi – faqat qo‘rquv, yana tekshirishni va siquvga olishni boshlashadi, erkin mehnat qilishga, oilamni, bola-chaqamni boqishga yana imkoniyat bermaydi, degan qo‘rquv. Shu sababli ular o‘z ishida kamchiligi va qonunbuzarlik holati bo‘lmasa ham turli darajadagi amaldorlar bilan «kelishib olishga» majbur bo‘lmoqda.
O‘ylaymanki, bularning barchasidan siz, Rustam Sodiqovich, tanqidiy xulosa chiqarasiz va joriy yil yakuni bo‘yicha hukumat majlisida real natijalar bilan hisobot berasiz”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
20:25
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026