Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ray-Ban va Essilor 53 mlrd dollar evaziga birlashadi
Italiyaning ko‘zoynaklar ishlab chiqaruvchi Luxottica kompaniyasi va Fransiyaning Essilor linzalar ishlab chiqaruvchisi 50 mlrd yevro (53,2 mlrd dollar) evaziga birlashishga kelishib oldi. Bu haqda Financial Times gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, bitim muvaffaqiyatli amalga oshsa, Luxottica kompaniyasining 81 yoshli asoschisi Leonardo del Vekko birlashgan kompaniyaning 31 foizlik aksiyasiga egalik qilish bilan uning yirik aksiyadoriga egalik qiladi.
Rejalarga ko‘ra, ikkala kompaniya birlashganidan keyin, umumiy savdo hajmi 14 mlrd yevroni tashkil etadi. Bunda ishchilar soni 130 ming kishiga yetadi.
Luxottica kompaniyasi Ray-Ban, Persol va Oakley kabi ko‘zoynaklarni ishlab chiqaradi. Essilor linzalar va optik uskunalar ishlab chiqaradi.
Italiyaning Luxottica kompaniyasining 2016 yil uchinchi chorakdagi sof daromadi 3,2 foizga oshib, 2,23 mlrd dollarga yetgan edi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
08:59 / 15.06.2026