Sport | 17:54 / 17.01.2017
24607
1 daqiqa o‘qiladi

Odil Ahmedov «Shanhay SIPG»dagi ilk golini urdi

«Shanhay SIPG» 16 yanvar kuni Doha shahridagi yig‘in doirasida so‘nggi uchrashuvni «Al Halij»ga qarshi o‘tkazdi. O‘yinda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.

O‘FF matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bu o‘yinda xitoyliklar jamoasi safida Odil Ahmedov ham maydonga tushdi va gollardan biriga mualliflik qildi.

Bu o‘zbekistonlik futbolchining yangi jamoasidagi ilk goli hisoblanadi. 

Bugun Villash-Boash boshchiligidagi «Shanhay SIPG» yig‘inni yakunlab, Xitoyga qaytgan.

Ma'lumot uchun, Xitoy chempionatining yangi mavsumi 4 mart kuni start oladi. «Shanhay SIPG» 7 fevral kuni OChL guruh bosqichiga chiqish uchun saralash o‘yinida ishtirok etadi.

Mavzuga oid