Şanxay şahrining ikkita aeroporti — Pudun va Xunsyaoda 15 sentabr kuni keçasi amalga oşiriladigan barça reyslar «Bebinka» tayfuni yaqinlaşayotgani sabab bekor qilindi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
«Soat 20:00 dan keyin ikkala aeroportda ham barça reyslar bekor qilinadi», — deyiladi «Şanxay aeroporti» korporatsiyasi xabarida.
Qayd etilişiça, aeroportlar faoliyatining qayta tiklanişi böyiça qaror ob-havo şaroitidan kelib çiqib qabul qilinadi, yölovçilarga parvozlarga oid axborotlarni kuzatib boriş tavsiya qilingan.
Şuningdek, Şanxay temiryöl vokzali ham bir qator yönalişlarda yölovçi poyezdlar qatnovini töxtatişni rejalaştirmoqda. Şahar aeroportlari operatori reyslari qoldirilgan yölovçilar uçun vaqtinça dam oliş zonalarini tayyorlagan, ular oziq-ovqat bilan ta’minlanmoqda.
«Bebinka» tayfuni Şanxaydan 350 kilometr janubi-şarqda. Tsiklonning markaziy qismida şamol tezligi soniyasiga 40 metrga yetmoqda. U 16 sentabr tongida Şanxayning sohilga yaqin hududlari va şarqiy Çjetszyan provinsiyasiga yopirilişi kutilmoqda.
Xitoy Markaziy meteorolik boşqarmasi tayfun tufayli eng yuqori — «qizil» xavf darajasini e’lon qilgan. Mazkur tayfun Şanxayga 1949 yildan beri yopirilgan eng kuçli tabiiy ofat bölişi kutilmoqda.

















