Xitoyning Şanxay şahrida tarixiy arxitektura majmuasi robotlar yordamida boşqa joyga vaqtinça köçirildi. Bu haqda Xitoyning «Jenmin Jibao» naşriga tayanib, Hi-tech mail xabar berdi.

Ğayrioddiy loyiha XIX asr ikkinçi yarmida şikumen uslubida qurilgan binolarni köçiriş böyiça mamlakat tarixidagi eng yirik tadbir böldi. Uşbu binolar ikki yoki uç qavatli bölib, karkasi yoğoçdan yasalgan, devorlari esa ğişt bilan qoplangan.

Rasmiylar 1920-1930 yillarda qurilgan «Huayanli» majmuasini köçirişga majbur böldi. Bu taxminan 7500 tonna oğirlikdagi uçta binodan iborat blok bölib, umumiy maydoni 4030 kvadrat metrdan oşadi. Şanxayda yerosti majmuasini quriş uçun binolarni vaqtinça köçirişga, keyinçalik yana joyiga qaytarişga qaror qilişdi.

Mutaxassislar binolarni köçirişda 432 robotdan foydalandi. Turar-joy majmuasi obektlarni kuniga taxminan 10 metr tezlikda harakatga keltiradigan kötargiçli qurilmalarga joylaştirildi. Işlar 19 mayda boşlangan bölib, 7 iyun kuni töliq yakunlanadi – şu kuni binolar öz joyiga qaytadi. Mutaxassislarning qayd etişiça, ular robotlarning holati va butun jarayonni real vaqt rejimida kuzatib borişgan. Köçiriş paytida binolar buzilmasligi uçun yuklama bir tekis qilingan.

Tarixiy kvartal ostida dam oliş va köngiloçar maskani paydo bölişi taxmin qilinmoqda. U yerda premium mehmonxonalar, san’at markazi va konsert maydoni quriladi. Bundan taşqari, yer ostida metro liniyalari örtasida harakatlaniş uçun ötiş joyi paydo böladi. Yerosti makonining umumiy maydoni 53 ming kvadrat metrni taşkil qiladi.