Fransiya IT-mutaxassislar, startaperlar va investorlarga to‘rt yillik vizalarni joriy qiladi
Fransiya hukumati French Tech Visa dasturi ishga tushirilganini ma'lum qildi. Uning doirasida texnika sohasidagi xorijiy mutaxassislar o‘zlari va oilasi uchun yengillashtirilgan tartibda viza olishlari mumkin. Bu haqda TechCrunch yozmoqda.
French Tech Visa loyihasi IT-sohasida ishlovchi xorijliklar: startap asoschilari va xodimlari, mutaxassislar, Fransiyadagi startaplarga qo‘shilishni istovchilar, shuningdek investorlarga mo‘ljallangan.
Viza to‘rt yilga beriladi, uni cho‘zdirish ham mumkin. Fransiya hukumati viza olgan inson va uning oila a'zolariga mamlakatda doimiy yashash hamda ishlashga ruxsat berilishini kafolatlaydi.
Bundan tashqari, hukumat Fransiyaning yetakchi yuzta startapi ro‘yxatini tuzishni hamda bu kompaniyalardan har biriga French Tech Visa vizasini olgan xorijlik mutaxassisni ishga joylashtirishni rejalashtirmoqda. Shu bilan bir qatorda, viza oluvchi uning muddati davomida tanlangan kompaniyada ishlash majburiyatiga ega emas.
Mamlakat hukumati dastur qachondan ishga tushirilishiga aniqlik kiritmadi, loyiha saytida u yaqin orada joriy qilinishi aytilgan.
Ma'lumot uchun, Fransiyada ayni damda ishbilarmonlar uchun 2015 yilda ishga tushirilgan French Tech Ticket dasturi bor. Bu loyiha ish vizalarini taqdim etish, shuningdek jamoaning har bir a'zosiga 14 dan 28 ming yevrogacha grant ajratish, bepul ofis va ma'muriy masalalar bo‘yicha ko‘makni o‘z ichiga qamrab oladi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijaraga berilgan yerlardan foydalanish samaradorligi oshiriladi
O‘zbekiston | 13:42
-
AQSh Rossiyaga yangi sanksiyalar bilan tahdid qildi
Jahon | 13:41
-
Qoraqalpog‘istonda kunjut va mosh ekinlari ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 13:35
-
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi
Jahon | 12:50
Mavzuga oid

10:47
Makron Falastinni tan olishni «ma’naviy burch» deb atadi

23:26 / 30.05.2025
Fransiyada 1 iyuldan bolalar yuradigan joylarda tamaki chekish taqiqlanadi

19:31 / 29.05.2025
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi

21:21 / 28.05.2025