19:23 / 19.01.2017
11951

Denis Istomin o‘z faoliyati davomida ikkinchi bor ATP reytingi kuchli o‘nligiga kiruvchi tennischini mag‘lubiyatga uchratdi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstraliya ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida musobaqaning amaldagi g‘olibi, serbiyalik Novak Jokovich ustidan g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik.

30 yoshli Denis o‘z faoliyati davomida ikkinchi bor jahon reytingining Top-10ligiga kiruvchi raqibni mag‘lubiyatga uchratdi. Istomin Indian-Uellsda 2012 yilgi “Masters” turkumidagi turnirda ispaniyalik David Ferrer ustidan ham zafar quchgandi.

Ma'lumot uchun, 29 yoshli Jokovich Australian Open musobaqasining olti karra g‘olibi sanaladi.

Mavzuga oid
Top