Jahon | 21:38 / 20.01.2017
15019
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy 150 yil ichida birinchi marta uy hayvonisiz qoladi

Foto: EPA

Oq uy 150 yil ichida birinchi marta uy hayvonisiz qoladi, chunki AQSh prezidenti etib saylangan Donald Trampning oilasida hayvon boqilmaydi, deb xabar bermoqda The Huffington Post nashri.

Nashrning ta'kidlashicha, AQSh prezidentlari hayvonlari muzeyi vakillarining aytishicha, AQShning 25-prezidenti Teodor Ruzveltdan boshlab Oq uyda doimo uy hayvonlari bo‘lgan va ular amerikaliklar orasida katta mashhurlikka ega bo‘lgan. 

Turli vaqtlarda AQSh prezidentlari otlar va qushlar saqlashgan, AQShning 27-prezidenti Uilyam Taft vaqtida esa Oq uyda echki va sigir boqilgan.

Barak Obama vaqtida Oq uyda Bo va Sanni laqabli ikkita portugal suv iti yashagan. Undan avvalgi prezident Kichik Jorj Bushda Barni Bush laqabli shotland tereri bo‘lgan, Klintonlar oilasida esa Baddi laqabli labrador-retriver va Soks laqabli mushuk yashagan.

Avvalroq Tramp oilasi Oq uyga ko‘chib o‘tganda it boqib olishi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid