Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tramvay tarmog‘i uzunligi 34 kmdan oshadi
O‘zbekistonning Samarqand shahrida jadallik bilan qurilayotgan tramvay tarmog‘i barcha 4ta yo‘nalishining uzunligi 34,8 kmni tashkil etadi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmatida xabar qilingan.
Samarqand shahrida ekologik toza transport tizimini barpo etish ikki bosqichda amalga oshiriladi. O‘tgan yilning noyabr oyida boshlangan va 2017 yil Navro‘z bayramiga yakunlanishi rejalashtirilayotgan birinchi bosqichida shahar temir yo‘l vokzalidan Sartepa mavzesiga qadar bo‘lgan 6,4 kmlik tramvay izi yotqiziladi. Shu munosabat bilan, ikkita aylanma yo‘l, 4ta podstansiya va bitta depo barpo etiladi. Keyinchalik, qurilish davom ettiriladi va temir yo‘l vokzalini Siyob bozori bilan tutashtiradi. Bu yo‘nalish masofasi 5 kmni tashkil etadi.
Ikkinchi bosqichda temir yo‘l vokzalidan Spitamen ko‘chasi orqali Superfosfat zavodigacha liniya yotqiziladi. Uning umumiy uzunligi 12,4 kilometrdan iborat bo‘ladi. Zavod va temir yo‘l vokzali, shuningdek, Narpay ko‘chasi orqali o‘tuvchi 11 kmlik yana bir yo‘nalish bilan bog‘lanadi.
Tramvay transportini Samarqandga qaytarish tashabbusini Prezident Shavkat Mirziyoyev 2016 yil oktabr oyida bildirgan edi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026