15:54 / 21.01.2017
10824

Gvardiola yangi hujumchi bilan Pochettinoga qarshi. APL 22-tur o‘yinlari anonsi

21 yanvar, shanba kuni Angliya premer-ligasining 22-turiga start beriladi. Turning markaziy uchrashuvi so‘zsiz Manchesterda bo‘lib o‘tadi. Barqaror futbol ko‘rsata olmayotgan Gvardiola jamoasi, aqlbovar qilmas darajada yuqori formaga kirgan Pochchettinoning «Tottenhem»iga qarshi maydonga tushadi. Shu va turning boshqa o‘yinlari anonsi bilan Tribuna.Uz tanishtirib o‘tadi

LIVeRPUL — SUONSI 17:30 (UzReport, Match! Futbol 1)

Premer-Liga doirasidagi o‘yinlarda «Liverpul» o‘z uyida, «Enfild» bir yildan oshiqroq muddatda mag‘lubiyatga uchramayapti «Chelsi»ni quvishda davom etish uchun Yurgen Klopp shogirdlari bu seriyani davom ettirishi kerak bo‘ladi. «Qizillar» so‘nggi to‘qqiz uchrashuvda raqiblari darvozasiga 26ta gol kiritishgan. «Suonsi» esa 13 uchrashuvning faqatgina bittasi o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Ikkala jamoaning chempionatdagi o‘yinlarida hozircha uelsliklar biror marta ham g‘alaba qozona olishmagan. «Liverpul» bilan uchrashuvlarda jamoaa uch durang 12 mag‘lubiyat qayd etgan.

«Liverpul» FIFA bilan himoyachi Joel Matipning xizmatidan foydalanish bo‘yicha bahslashishda davom etmoqda. Kamerun Afrika kubogida ishtirok etayotgan paytda buni to‘g‘ri emas deb hisoblamoqda xalqaro futbol ittifoqi. Ikki haftani o‘tkazib yuborgan Nataniel Klaynning esa jarohatdan qutulib safga qaytishi aytilmoqda. «Suonsi» yangi xaridi Lusiano Narsingx xizmatidan foydalana olmasa kerak. Uni hamon jarohat bezovta qilmoqda. Ammo Martin Olssen va Tom Kerroll jamoada debyut qilishga tayyor bo‘lib turishibdi.

BORNMUT — UOTFORD 20:00
So‘nggi uchrashuvlarda  «Bornmut» himoyasi juda yomon o‘yin ko‘rsatmoqda, jamoa raqiblariga qarshi so‘nggi 6 uchrashuvning beshtasida 3tadan gol urish imkoniyatini berib qo‘ydi. Shu bilan birga «Uotford»ja ham hammasi joyida emas —Valter Matstsarri shogirdlari 10 dekabrdan buyon premer-liga doirasidagi uchrashuvlarda g‘alaba nimaligini bilmay kelishmoqda. So‘nggi 6 uchrashuvda jamoa bor yo‘g‘i ikki marta gol ura olgan. Barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda jamoaning so‘nggi 6 uchrashuvidan 5tasi durang natija bilan tugagan.

«Bornmut» tarkibida uch oylik tanaffusdan so‘ng Lyuis Kuk maydonga tusha olishi mumkin. Saymon Frensis hamon diskvalifitsiya muddatini o‘tamoqda. Mark Uilson jarohatidan tuzalmagan. «Uotford»ni darvozabon Eurelo Gomesning belida og‘riq sezayotgani xavotirga solmoqda. Daril Yanmaat esa safga qaytishga tayyor. Adlen Gediura esa Afrika Kubogida ishtirok etmoqda.

KRISTAL PELAS — EVeRTON 20:00
O‘tgan turda «Everton» «Manchester Siti»ni hayratlanarli o‘yin ko‘rsatgan holda mag‘lubiyatga uchratdi, chempionlik uchun kurashayotgan jamoa darvozasi to‘rt marta ishg‘ol qilindi. Shanba kungi o‘yinda «Kristal Pelas» yaxshi formaga kirib olgan raqibini to‘xtatishga harakat qiladi. Jamoa oxirgi marta liverpulliklardan «Selxyorst Park»da deyarli 23 yil avval mag‘lubiyatga uchragan. So‘nggi uchta uchrashuvning ikkitasida «Everton» «burgutlar» jamoasi darvozasiga hattoki gol ham kirita olmagan.

 «Kristal Pelas» lazaretini nihoyat Skott Dann, Jyeyms Makartur va Freyzer Kempbell tark etishdi. Uilfrid Zaa va Bakari Sako hamon Afrika kubogida ishtirok etishmoqda. «Everton» posboni Maarten Stekelenburg va himoyachi Leyton Beyns jarohatidan qutilagan. Asosiy tarkibda bu safar Morgan Shnayderlen va Ademola Lukman debyut qilishi kutilmoqda.

MIDLSBRO — VeST HEM 20:00
Nursiz duranglar qayd etish bo‘yicha hozircha mutaxassis bo‘lib turgan «Midlsbro» xavfli zonada bor-yo‘g‘i 4 ochko ajratib turibdi. Jamoa APLning 21 uchrashuvida 17 marta gol urgan xolos. «Chelsi»dan sotib olingan Patrik Bemford shu muammolarni hal qilishi kerak bo‘ladi. «Ves Hem» esa o‘z navbatida yana bir bor Dimitri Payyetsiz ham o‘ynay olishini isbotlashi kerak bo‘ladi. «Bolg‘aurarlar» «Boro»ga qarshi so‘nggi besh uchrashuvning birortasida yutqazmagan, to‘rttasida g‘alaba qozongan.

«Midlsbro» jarohati sabab Antonio Barragan va Gaston Ramires, diskvalifikatsiya tufayli Daniel Ayala maydonga tusha olmaydi. Patrik Bemford darhol asosiy tarkibda debyut qilishi mumkin. «Vest Xem» esa Sem Bayram, Uinston Rid va Endi Kerrolllarning kichik jarohatlari bezovta qilmasligidan umid qilmoqda. Payyet esa hamon jamoa bilan arazlab yuribdi. Endi u jamoaga qaytmasa ham kerak.

STOK SITI — MANCheSTeR YuNAYTeD 20:00 (Match! Futbol 1)

Mavsumni yomon boshlaganiga qaramay, «Stok» keyingi o‘yinlarni ishonchli o‘tkazdi va hozirda xotirjam ravishda 9-o‘rinni band etib turibdi. «Manchester Yunayted» esa 6-o‘rinda, ammo bu o‘rinni Joze Mourino uchun qulay o‘rin deb aytib bo‘lmaydi. «Liverpul» bilan o‘yindagi durang jamoani hamshaharlarini quvib yetishiga to‘sqinlik qilib qolgandi. «Yunayted»ga qarshi uy uchrashuvlarining so‘nggi uchtasida stokliklar umuman mag‘lubiyatga uchramagan.

«Stok» hujumchisi Boyan Krkich kichik jarohatidan qutuldi. Ramazon Subhiy, Mame Biram Diuf va Vilfrid Boni hamon Afrika kubogida ishtirok etishmoqda. Ammo kecha jamoa yangi hujumchi sifatida Saido Berahinoni sotib oldi. Futbolchi bugun debyut qilishi mumkin. «Manchester Yunayted» Memfis Depay bilan butunlay xayrlashib bo‘ldi. Erik Bayi Kot-d'Ivuar terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Qolgan o‘rinlarda jamoa optimal tarkibni o‘ynatishi kutilmoqda.

VeST BROMVICh — SANDeRLeND 20:00
Afrika kubogi sabab eng kuchsizlangan jamoa shubhasiz «Sanderlend» bo‘lib turibdi. Natijada jamoa so‘nggi to‘rt uchrashuvda faqatgina bir ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Saido Berahinoni nihoyat sotib yuborgan «Vest Bromvich» o‘tgan haftada «Tottenhem»dan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan keyin o‘ziga kelib olish uchun harakat qiladi. Mehmonlar premer-liganing so‘nggi 14 uchrashuvdan faqatgina bittasida «Sanderlend»dan mag‘lubiyatga uchragan.

«Vest Bromvich» sotishdan tashqari sotib olishni ham uddalamoqda. Uchrashuvgacha jamoa Jyeyk Livermorni ro‘yxatdan o‘tkazishga ulgurdi va futbolchi maydonga tusha olishi mumkin bo‘ladi. Jonni Evans va Allan Nomning o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda. «Sanderlend» yarimhimoyachisi Jyek Roduell kichik jarohatdan qutulib oldi. Stiven Piyenaar va Viktor Anichebe esa hamon jarohat tufayli o‘ynay olmayapti.

MANCheSTeR SITI — TOTTeNHEM 22:30 (UzReport, Match! Futbol 1)

Turning markaziy uchrashuviga «Manchester Siti» alamli mag‘lubiyat bilan yetib kelmoqda. Jamoa o‘tgan haftada «Everton»dan qaqshatqich zarba qabul qilib olgan. Xosep Gvardiola tezda o‘ziga kelib olishi talab etiladi. Aks holda jamoa yetakchilarni quvib yetishi juda qiyin bo‘lib qoladi, boz ustiga jamoani pastdan ta'qib qilib kelayotgan hamshaharlari ham quvib o‘tishi mumkin. Ammo yuqorida eslab o‘tganimizdek «Tottenhem» hozir juda yaxshi sport formasiga chiqib olgan. Jamoa o‘zining rekordi bo‘lgan oltita uchrashuvda ketma-ket g‘alaba qozondi. Ikki jamoaning so‘nggi uchta uchrashuvining barchasida «shpor»larning qo‘li baland kelgan.

«Siti»da braziliyalik Gabriel Jyezus debyut qilishi mumkin. Fernando kichik jarohatidan so‘ng safga qaytdi, ammo Fernandino hamon diskvalifikatsiya muddatini o‘tamoqda. Yaqin olti haftada «Tottenem» jarohati sabab Yan Vertongen xizmatidan foydalana olmaydi. Shuningdek Erik Lamela ham jamoa lazaretida qolmoqda.

SAUTHeMPTON - LeSTeR (22 yanvar, Match! Futbol 1)

«Lester» so‘nggi uch uchrashuvda o‘z uyida raqibni yengishga muvaffaq bo‘lgan, ammo mehmonda natija boshqacharoq va ustunlik «Sauthempton» tarafda bo‘lib turibdi.

«Lester» tarkibida Nampalis Mendi safga qaytishi kutilmoqda Slimani va Riyoz Mahrez esa Afrika kubogida ishtirokini davom ettirmoqda. «Sauthempton»ni esa o‘yin oldidan asosiy himoyachisi  Joze Fonte tark etdi. Futbolchi endi «Vest Hem» sharafini himoya qiladi.

ARSeNAL — BYoRNLI  (22 yanvar, Match! Futbol 1)

Chempionlik uchun kurashni davom ettirayotgan Arsen Venger jamoasi uchun bu safar mehmonda juda yomon, o‘z uyida juda yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan «Byornli» raqib bo‘ladi. «Byornli» hozircha o‘z uyida qanchalik zo‘r o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa, mehmonda juda yomon o‘ynamoqda. Bundan tashqari jamoa mana 42 yildirki «Arsenal» ustidan g‘alaba qozona olmayapti.
«Arsenal» lazaretida Karl Jyenkinson, Per Mertezaker, Gabriel Paulista, Fransis Koklen va Santi Kasorla qolmoqda. Mehmonlarda esa bu borada muammoga deyarli duch kelmagan.

CheLSI — HALL SITI (22 yanvar, UzReport, Match! Futbol 1)

Birinchi davradagi o‘yingacha bu ikki jamoa o‘zaro 18 oy muqaddam ro‘baro‘ kelgan, o‘shanda «Chelsi» 2:3 g‘alaba bilan qaytib mamlakat chempioniga aylangnadi. So‘nggi marta «Hall» «Chelsi»ni 1988 yilning oktabrida mag‘lubiyatga uchratgan.

«Chelsi»da jarohati sabab Kurt Zuma hamon safga ko‘rinish bermayapti.

O‘tgan haftada muammolar girdobiga o‘ralashib qolgan Diyego Kosta bu uchrashuvda safga qaytishi kutilmoqda.

Top