«Çelsi» – «Mançester Siti» 0:3
Gollar: ÖRayli, 51 (0:1). Geyi, 57 (0:2). Doku, 68 (0:3)
«Çelsi»: Sançes, Xato, Fofana, Kukurelya, Gyusto (Açimpong, 88), Santos (Lavia, 67), Kaysedo (Essugu, 82), Palmer, Pedru Netu, Estevao (Garnaço, 67), Joao Pedro (Delap, 81)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Geyi, Husanov, ÖRayli (Ait Nuri, 64), Mateus Nunes, Rodri, Bernardu Silva (Kovaçiç, 81), Şerki (Savio, 76), Doku (Foden, 76), Semenyo, Holand
Ogohlantirişlar: Estevao, 12. Kukurelya, 54. Essugu, 90 – Semenyo, 38
«Agar bugun „Stemford Brij“da ğalaba qozona olmasak, „Arsenal“ bilan öyin oldidan matbuot anjumani ötkazmasa ham böladi, çunki hammasi tugaydi. Buni hamma biladi. Sen buni bilasan, men buni bilaman, öyinçilar buni bilişadi, buni Angliyada hamma biladi. Biz qolgan barça öyinlarda ğalaba qozonişimiz kerak. Heç qanday durang qoniqtirmaydi, yöq, buni unuting. Bunday „Arsenal“ga qarşi töqqiz oçko köp. Ammo „Çelsi“ni, keyin esa „Arsenal“ni yengsak, heç bölmasa illyuza bilan yaşasak böladi. Buni sinab köriş istagi bor», – dedi Gvardiola «Çelsi»ga qarşi öyindan oldingi matbuot anjumanida.
Turnir jadvalida bu jamoalar özaro raqobatçi emas, ammo özaro bahsdagi ğalaba mavsum oxiridagi poygaga ta’sir qilişi aniq edi.
«Mançester Siti» uçun bu «Arsenal»ga yaqinlaşib oliş uçun imkon edi – «şaharliklar» bir haftadan keyin turnir jadvali peşqadamiga qarşi öyin ötkazadi. «Kanonirlar» esa bu turda kutilmaganda uyda «Bornmut»ga yutqazib qöydi va çempionlik poygasida intrigani jonlantirdi.
Turnir jadvalida jamoalarning öyini keyingi tur natijasidan keyin ham özgarmaydi, ammo Pep töğri aytgandi – bu turdagi mağlubiyat amalda çempionlik poygasi tugaganini anglatardi. Qolaversa, «Siti» mart oyida Angliya ligasi kubogi finalida «Arsenal» ustidan ğalaba qozongan, keyinroq Angliya kubogi çorakfinalida «Liverpul»ni yirik hisobda tor-mor etgandi. Ammo jamoada APLning oxirgi turlarida köp durang öynab yuborgandi va vaziyatini qiyinlaştirib qöygandi.
«Çelsi»ning ham öz dardlari bor. Ulardan eng asosiysi – keyingi mavsumda Çempionlar ligasida qatnaşiş huquqini qölga kiritiş. Buning uçun esa kamida «Liverpul»ni quvib ötiş talab etiladi. Lekin Rosenior Madrid yaşaş uçun ajoyib şahar ekanini aytib intervyu bergan Enso Fernandesni ikki öyinga çetlatgandi. Qolaversa, londonliklarning «Mançester Siti»ga qarşi öyinlardagi statistikasi ham açinarli edi: köklar uşbu jamoaga qarşi öyinlarda oxirgi bor beş yil muqaddam, 2021 yil mayida YeÇL finalida ğalaba qozongandi.










