O‘zbekiston | 19:53 / 21.01.2017
16346
2 daqiqa o‘qiladi

Meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilishga ruxsat beriladi

Qonunchilik hujjatlarini baholash tizimi portalida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi taqdim etildi. Uning bir qator jihatlari eksportni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan. Bu haqda norma.uz xabar berdi
  
Xususan, o‘z mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga beriladigan imtiyozlarni bu jarayonda ishtirok etgan savdo-vositachi tashkilotlarga ham qo‘llash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, barcha xo‘jalik sub'yektlariga meva-sabzavot mahsulotini to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlar bo‘yicha eksport qilish huquqi beriladi.
 
Eksporti man qilingan (non va go‘sht mahsulotlari, tirik qoramol va parranda) tovarlarning alohida eksport tizimi tashkil etiladi. Bu maxsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Shuningdek, iste'molda bo‘lgan mashinalar, asbob-uskunalar va texnikani eksport qilish tartibi yengillashtiriladi hamda aniqlashtiriladi. 
 
Loyiha o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid