Jahon | 00:50 / 21.01.2017
9429
2 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjonda 1990 yilgi voqealar qurbonlari yod etildi

Ozarbayjonda 1990 yil 20 yanvar fojiasi qurbonlari yod etildi. Erta tongdan o‘n minglab odamlar Bokudagi Shahidlar xiyoboniga Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi va ozodligi uchun o‘z hayotini bergan fuqarolarning xotiralarini yod etgani kela boshladilar.

Mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev "Mangu olov" yodgorligiga gulchambar qo‘yib, o‘sha mash'um voqealar qurbonlari xotiralarini yod etdi.

Bokuga 1990 yil 20 yanvarda sovet armiyasi qo‘shinlarining Armanistonning tajovuzkor harakatlari va uning Ozarbayjonga hududiy e'tirozlariga qarshi noroziliklarni bostirish uchun kiritilishi fojiaga olib kelgan. O‘shanda 130 dan ko‘proq odam halok bo‘lgandi.

1990 yil 20 yanvar zamonaviy Ozarbayjon tarixiga qahramonlik sahifasi bo‘lib kirgan.

Qonli voqealardan 27 yil o‘tgach ham Ozarbayjon xalqi o‘sha kunni unutolmayapti va bu fojia aybdorlariga o‘z nafratini bildirib kelmoqda.

Ozarbayjonda 20 yanvar fojiasi har yili Umumxalq qayg‘u kuni sifatida nishonlanadi.

Mavzuga oid