Abxaziyaning Qindiğ qişloğidagi yöl-transport hodisasi oqibatida uç nafar özbekistonlik halok böldi, bir kişi tibbiyot muassasasiga yetkazildi.

«Qindiğ qişloğiga yetmasdan yölning tekis qismida «Kraysler» avtomobili haydovçisi boşqaruvni yöqotib qöydi. Oqibatda daraxt bilan töqnaşuv sodir böldi», deb xabar berdi YHXB boşliği örinbosari Aslan Bazba.

«Uç kişi halok böldi, bir kişi oğir ahvolda şifoxonaga yetkazildi. Ular buloqdan Suxum tomon yöl olgan, barçasi Özbekiston fuqarolari», deb ta’kidladi Bazba.

Xabarda özbekistonliklarning ismi-şarifi keltirilmagan.

Abxaziya - Janubiy Kavkazdagi Qora dengizning şarqiy qirğoğida joylaşgan mintaqa. Poytaxti – Suxum. Gurjiston Abxaziyani Rossiya tomonidan vaqtinça bosib olingan öz hududi deb biladi. Abxaziya özini mustaqil davlat deb hisoblaydi (qisman tan olingan – sanoqli davlatlar uning mustaqilligini tan olgan). Xalqaro hamjamiyatning aksariyat qismi Abxaziyani Gurjistonning bir qismi deb biladi.