Ozarboyjon poytaxtida keng kölamli restavratsiya işlari yakunlangan “Buxoro karvonsaroyi”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Davlat ahamiyatiga ega bölgan XV asr yodgorligi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning topşiriği va “Içerişahar” davlat tarixiy-me’moriy qöriqxonasi boşqarmasi iltimosiga binoan 3,5 yil içida kapital ta’mirlandi.

Ötmişda u Movarounnahr şaharlaridan kelgan savdogarlar va sayyohlar uçun savdo, madaniy va döstona aloqalarni rivojlantiriş markazi bölib xizmat qilgan.

Yangi konsepsiyaga köra, karvonsaroy hunarmandlar uçun zamonaviy ijod maskaniga aylantirildi. Majmuada 18 ta xona bölib, ularning har biridan turli yönalişdagi ustalar foydalanadi. Bu yerda töquvçilik, haykaltaroşlik, könçilik, rassomlik, gilamdözlik, miniatyura, badiiy kulolçilik va yoğoç öymakorligi böyiça mahorat darslari ötkaziladi.