Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston aholisi ichimlik suvi ta'minoti darajasi 50,8 foizdan 74 foizga yetkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan uchrashdi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoit yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
"Bugun biz Qoraqalpog‘istonga mutlaqo yangi dasturlar va rejalar bilan kelganmiz. Uchrashuvlarda e'lon qilingan ko‘plab rejalarga asosan kuni kecha Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Insonlarning hayotiy ta'minoti uchun eng muhim masalalarni hal etishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan, ya'ni bunda aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va modernizatsiya qilish, arzon uy-joy qurilishi, transport, muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasini, shuningdek avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish, aholini ijtimoiy himoyalash, ish o‘rinlarini yaratish, ta'lim, sog‘liqni saqlash, ilm va madaniyat sohalarini rivojlantirishga keng miqyosda e'tibor qaratilgan. Dasturga kiritilgan barcha tadbirlarning umumiy qiymati 800,4 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus fond tashkil etildi.
Bu fond suv ta'minotini tizimini rivojlantirish va aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash imkoniyatini oshirish hamda sanitariya va maishiy chiqindilarni qayta ishlashga jami 331,4 milliard so‘m yo‘naltiradi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi ichimlik suvi ta'minoti darajasini 2016 yildagi 50,8 foizdan 2021 yilda 74 foizga yetkazish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash natijasida 30ga yaqin eng muhtoj aholi punktlari sho‘r suvlarni chuqurlashtiruvchi asbob-uskunalar bilan ta'minlanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholi yashashining sanitar-gigenik sharoitlarini saqlash maqsadida 23ta qattiq maishiy chiqinidilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish poligamlarini maxsus texnika vositalari bilan jihozlash va qulayliklar yaratish ko‘zda tutiladi.
Shuningdek suv resurslarini boshqarish va yerlarning cho‘lga aylanishiga qarshi kurash orqali tuproq unumdorligini oshirish va tuz, chang tarqalishining oldini olish, kanal va gidrotexnik tizimini qurish va rekonstruksiyalash tadbirlariga qaratilgan jami 1,6 trillion so‘mni tashkil etgan 9 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Orol dengizining qurigan tubida 20 ming gektar maydoniga o‘rmonzorlar tashkil etiladi va 300 ming gektardan ortiq yer maydonlarining meliorativ holati yaxshilanadi. Shuningdek 57 ming gektar maydonga ega bo‘lgan suv havzalarida baliqchilikni qayta tiklash hisobiga 4 ming tonna baliq mahsulotlari ishlab chiqarishga erishiladi.
Mavzuga oid
23:15 / 24.08.2025
Mirziyoyev Zelenskiyga tabrik yo‘lladi
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024