Jahon | 23:58 / 22.01.2017
12657
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada Suriya bo‘yicha maslahatlashuvlar yakunlandi

Foto: Salamat Ayazbay

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar arafasidagi Rossiya, Eron va Turkiya delegatsiyalarining uch tomonlama uchrashuvi yakunlandi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

Uchrashuv 5,5 soat davom etgan. Rossiya va Eron delegatlarining 15 daqiqa davom etgan ikki tomonlama uchrashuvidan keyin ularga Turkiya vakillari ham qo‘shilganlar. Maslahatlashuvlar yopiq eshiklar ortida o‘tgan.

Yig‘ilishda har bir davlatdan uch nafardan vakil, jumladan Rossiya tashqi ishlar vazirligining Yaqin Sharq departamenti rahbari Sergey Vershinin, Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Husayn Jaboriy Ansoriy va Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari   Sedad O‘nal ishtirok etgan.

Avvalroq uchrashuv ishtirokchilari Suriyadagi yarashuv tartibini mustahkamlovchi hujjat bo‘yicha kelishib olganlari ma'lum qilingandi. Bu hujjat 23-24 yanvardagi muzokaralarda Suriya hukumati va muxolifatiga taqdim qilinadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid