AQŞ harbiylari yakşanbaga ötar keçasi Erondagi nişonlarga zarba berdi – bu sönggi bir hafta içida uçinçi zarbalar seriyasi böldi; amerikalik harbiylar buni Eronning Hörmuz böğozi orqali ötayotgan kemaga uyuştirgan hujumiga javob deb atadi. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi böğoz yopilayotganini ma’lum qildi, mamlakat oliy rahbari Mujtaba Xominaiy esa öz murojaatida otasining ölimi uçun qasos olişga va’da berdi.

Amerika Markaziy qömondonligi (Centcom) bayonotida aytilişiça, korpus kuçlari Kipr bayroği ostida suzgan kemaga «oçiqçasiga hujum qilgan». Pentagonga köra, uşbu kema dvigateli jiddiy şikastlangani tufayli «harakatni davom ettira olmagan». Ekipaj a’zolaridan biri bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda.

Undan avvalroq korpus Hörmuz böğozi orqali oldindan kelişilmagan yönalişda suzgan kema bilan qarama-qarşilik yuzaga kelgani haqida xabar qilgandi.

Eronlik harbiylarga köra, kema öz transponderini öçirib qöygan va kemaçilikni xavf ostida qoldirgan. U eronlik harbiylarning «ogohlantiruvçi zarbasi»dan keyingina töxtagan.

Şu bilan birga, korpus Hörmuz böğozi keyingi xabarnomaga qadar yopilişi va «AQŞ mintaqa işlariga aralaşuvini bas qilmaguniça» oçilmasligini ma’lum qilgan.

Şuningdek, Eron Amerikaning «tajovuziga eng qat’iy tarzda» javob berişi va mintaqadagi Amerika bazalariga zarbalar davom ettirilişi qöşimça qilingan.

AQŞning sönggi zarbalaridan keyin Eron ham AQŞning mintaqadagi ittifoqçilarini öqqa tuta boşladi. Birlaşgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi yakşanbaga ötar keçasi mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari raketa va dron hujumlarini qaytarayotganini ma’lum qildi.

Jurnalistlar xabar berişiça, Qatar poytaxti Dohada ham portlaş ovozlari eşitilgan. Mahalliy aholiga uydan va xavfsiz joylardan çiqmaslik tavsiya etilgan.

Zarbalar almaşinuvi va yönalişlar böyiça bahs

Hafta davomida eronlik harbiylar Hörmuz böğozida uçta tijoriy kemani öqqa tutgan, şundan keyin, AQŞ va Eron örtasida zarbalar almaşinuvi bölib ötgandi.

Amerikaning 8 iyulda yöllagan zarbalari oqibatida çiqqan yonğin. Foto: Reuters