Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papua - Yangi Gvineyada 8 ballga yaqin yer silkinishi ro‘y berdi
Papua — Yangi Gvineyada 7,9 ballik dahshatli yer silkinishi yuz berdi, deb xabar qilmoqda AQSh Geologiya xizmati.
Yerosti silkinishlari markazi 40 ming kishi istiqomat qiladigan Arava shahridan 41 km g‘arbda bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 136 km chuqurlikda joylashgan.
Hozircha, qurbonlar va yetkazilgan talofatlar xususida xabarlar yo‘q.
Tinch okeani sunamidan ogohlantirish markazi shoshilinch e'lon tarqatgan. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi ro‘y bergan hududga yaqin mamlakatlar: Papua — Yangi Gvineya, Sulaymon orollari, Nauru, Vaunatu, Ponpey, Kusaiye, Truka va Indoneziyada 0,3-1 metr balandlikda to‘lqinlar kuzatilishi xavfi bor.
Papua — Yangi Gvineya faol seysmik hududda joylashgan, bu yerda tez-tez yer qimirlashi qayd etiladi.
Mavzuga oid
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
11:53 / 13.11.2024