21:07 / 23.01.2017
56346

“Go‘ro‘g‘li”ga bag‘ishlangan yangi kitob o‘zbek o‘quvchilari e'tiboriga havola etildi

Xalq og‘zaki ijodi – o‘zbek adabiyotining bitmas-tuganmas chashmasi. Bu chashmaning tiriklik suvidan bahramand bo‘lgan ne-ne baxshilar bir umr ishq-muhabbat, sadoqat, vafo va qahramonlik dostonlarini kuylab o‘tdilar. Ne tongki, asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan bunday an'ana bugun ham yangicha ko‘rinishlarda davom etayotganini ushbu kitob ham dalillab turibdi.

Iste'dodli shoir Islom Hamro yaqinlaridan eshitgan rivoyatlarni to‘plab, kattagina doston bitdi. “Yangi kitob” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Go‘ro‘g‘lining o‘limi” nomli kitobdan mazkur dostonning birinchi qismi o‘rin oldi. Zero, ushbu asar o‘z tarixiga ega bo‘lib, 1985 yilda yozilgan.

Muallif “Go‘ro‘g‘lining o‘limi” kitobining 1987 yili yozib tugatilgan ikkinchi qismi – “O‘zbekxon”ni ham nashr etishni ko‘zda tutgan.

Mas'ul muharrir: O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abduqayum Yo‘ldoshev. Kitobdan, shuningdek, filologiya fanlari nomzodi, Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Muhammadali Qo‘shmoqovning “Go‘ro‘g‘li chambili tobora obod” maqolasi ham o‘rin olgan.

Mavzuga oid
Top