Keça, 3 iyul kuni Jizzax viloyati Zomin tumanidagi "Öriklisoy" oromgohida yoş ijodkorlarning Respublika seminari boşlandi. 

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, "Ijod" jamoat fondi hamda Jizzax viloyat hokimligi tomonidan taşkil qilingan mazkur tadbirda 200 ga yaqin yoş ijodkorlar, adabiyotşunos olimlar va boşqa taniqli ijodkorlar iştirok etmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Anjumanda yoş ijodkorlar uçun badiiy adabiyotning nazm, nasr, dramaturgiya, badiiy publitsistika, badiiy tarjima, bolalar adabiyoti va adabiy tanqid kabi yönalişlarida mahorat darslari ötkazilmoqda.

"Yoş ijodkor öz iste'dodiga bölgan işonç va şubha tuyğulari orasida yaşaydi. Bu hodisa esa har bir iste'dodga xos. Ijodkor ilhom kelganda va şu ilhom bilan yaxşi biror asar yoza olganida iste'dodiga işonçi ortadi, ammo u öziga tanqidiy köz bilan qaragan, ijodini jahon adabiyoti qoliplariga solgan paytda iste'dodiga nisbatan şubhalar ortib ketadi. Köpçilik ijodkorlar mana şunday tanqidiy qaraş va yirik qoliplar ölçovida özini yöqotib qöyadi. Bunga köp bora guvoh bölganmiz.

Köp ijodkorlar özidan Navoiy, Puşkin, Tolstoy yoki Heminguey çiqmasligini bilib ijod olamini tark etadi. Holbuki jahon miqyosida bölmasa-da katta yozuvçilar çiqişi mumkin. Çunki adabiyotda har bir yozuvçining öz örni bor. 

Bu seminarlar ijodkorning öz iste'dodiga töğri qaraş va töğri bahoni qöya oliş imkonini beradi”, dedi Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari Nodir Jonuzoq Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Seminarning mahorat darslari qismida taniqli yozuvçi va şoirlar özbek adabiyotida yetişib çiqayotgan yoş ijodkorlarga xos umumiy qiyofa borasida ham töxtalişdi. Xususan, yozuvçi Sobir Önar fikriça, seminardagi yoşlar içida yangiça fikrlaydigan, adabiyot haqida jiddiy öylovçi va bu olamning yukini his qiluvçi yoşlar bor, ammo ularning barçasiga xos kamçilik - ular juda kam öqişadi, öqiganlari orasida katta badiiy asarlar kam.