Özbekiston xalq şoiri Omon Matjon 2020 yilning 28 oktyabridan 29 oktyabriga ötar keçasi 77 yoşida vafot etdi. Bu haqda Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati xabar berdi.

U 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 1969–2002 yillar mobaynida Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyotida muharrir, bölim boşliği, “Yoşlik” jurnalida boş muharrir, “Çölpon” naşriyotida direktor bölib işlagan.

Omon Matjon yigirmaga yaqin şe'riy töplami, “Törabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari çop qilingan.

Şuningdek, u qardoş va çet el adabiyotining köplab namunalarini özbek tiliga tarjima qilgan.

Omon Matjon adabiyotimiz rivoji yölidagi xizmatlari uçun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bölgan, «Özbekiston xalq şoiri» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va “Ijod” jamoat fondi jamoasi marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.