Jamiyat | 08:14 / 23.01.2017
16560
2 daqiqa o‘qiladi

«Qorako‘l Ziyo-Nur» NTM o‘quvchisi Xalqaro olimpiadada kumush medal sovrindori bo‘ldi

2017 yilning 12-18 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan matematika fani bo‘yicha Xalqaro Jaultikov olimpiadasida 18 mamlakatdan 182 nafar ishtirokchi orasida Abduqayumov Abdumalik kumush medal sovrindori bo‘ldi.

Bugungi kun yoshlarini bilim saviyasini oshirish va mustahkamlashda bir qancha nodavlat o‘quv markazlari o‘z hissasini qo‘shishda jonbozlik ko‘rsatmoqda. Yurtimiz yoshlarini nafaqat mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari, balki jahon bilim sahnasiga olib chiqishda o‘zining beqiyos hissasini qo‘shib kelayotgan «QORAKO‘L ZIYo-NUR» o‘quv markazi qisqa muddat mobaynida yuksak marralarni zabt etmoqda. Dono xalqimizda shunday gap bor: «Tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lmog‘i lozim». Markazda o‘quv mashg‘ulotlarini jahon va respublika fan olimpiadasi g‘oliblari olib borishi yuqoridagi so‘zlarning yaqqol tasdig‘idir.

“Mening bunday yuksak marralarga erishishimning asosiy sababi, bugungi kunda yurtimizda yoshlarimiz uchun yaratilgan shart sharoitlar, keng imkoniyatlar, bundan tashqari, markazimizning jahon talablari darajasidagi malakali o‘qituvchilari jamoasidir”, -  deb alohida ta'kidlab o‘tdi xalqaro olimpiada sovrindori.

Eslatib o‘tish joizki, «QORAKO‘L ZIYo-NUR» o‘quv markazining iqtidorli talabalaridan biri o‘tgan yili Tailand davlatida bo‘lib o‘tgan 56-Jahon olimpiadasida Bronza medali bilan ham taqdirlangan edi.    

Batafsil ma'lumot www.bloktest.uz saytida.
Manzil: A.Navoiy ko‘chasi, 44-uy
Tel: +998 95 144-89-44, +998 98 124-44-89, +998 90 902-19-44

«Qorako‘l Ziyo-Nur» NTM – talabalik garovi!

Reklama huquqi asosida.
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid