2024–2025 yillar davomida nodavlat ta’lim xizmatlari böyiça Raqobat qömitasiga 1 200 ga yaqin murojaat kelib tuşgan.
Qömita xabariga köra, murojaatlarning asosiy qismi:
- “Newton Academy”, “NewTone School”;
- “MyTeacher” onlayn ingliz tili kursi;
- “Prep.uz” onlayn rus tili kursi;
- “Badavlat ayol” loyihasi;
- “Qadam Eduaction” öquv markazi;
- “Lerna”, “Skillbox”, “Geekbrains”;
- “Interno Edu” MÇJ;
- “Englify” MÇJ;
- “Niyat Education”;
- “Sevenedu” onlayn til markazi kabi öquv markazlari va onlayn ta’lim platformalari faoliyatiga taalluqli.
Qayd etilişiça, bir qator öquv markazlari va ta’lim platformalarida ta’lim sifati qoniqarsizligi, körsatilmagan xizmatlar uçun tölov undirilişi, şartnoma şartlari va pulni qaytariş tartibi böyiça yetarli ma’lumot berilmasligi kabi holatlar kuzatilmoqda.
E’tirozlarda “Uzum Nasiya”, "Shaffof moliya”, “Paylater” va boşqa muddatli tölov platformalari orqali tuzilgan şartnomalarni bekor qilişda qiyinçiliklar yuzaga kelayotgani, reklamada berilgan va’dalar amalda bajarilmayotgani bildirilgan.
Qömita yuqoridagi kabi ta’lim markazlarini qonunçilikka, litsenziya talablariga, şu jumladan iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş va reklama töğrisidagi qonunçilikka rioya etişga çaqirgan holda, har qanday huquqbuzarlik uçun javobgarlik nazarda tutilganini eslatgan.
Eslatib ötamiz, 2025 yil dekabr oyida Kun.uz Toşkentda bir neçta filiallarga ega “Newton Academy” haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda farzandini berib, bir yillik tölov qilgan bir guruh ota-onalar markazdagi ta’lim sifatidan noroziligi haqida söz boradi. Raqobat qömitasi öşanda bu öquv markazini jarimaga torttirgan edi












