Jamiyat | 19:11 / 23.01.2017
6281
2 daqiqa o‘qiladi

ShHT Kotibiyati sayti uch tilda ishlay boshladi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Kotibiyati rasmiy sayti sectsco.org endilikda uch – xitoy, rus va ingliz tillarida ishlamoqda.
Bu haqda ShHT Kotibiyati matbuot relizisida aytilgan.

Ayni damda Kotibiyatda asosan rus va xitoy tillaridan foydalaniladi. Relizda ta'kidlanishicha, endilikda saytga tashrif buyurganlar uch tilda tashkilot, uning Pekindagi qarorgohida o‘tkaziladigan asosiy tadbirlar haqida ma'lumot olishlari mumkin.

"Veb-saytimiz auditoriyasi uchun qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek, ekspert, ilmiy va boshqa hamjamiyatlar ShHT haqida ishonchli ma'lumotni olishlari uchun, Kotibiyat matbuot xizmati barcha hujjatlar paketini uch tilda joylashtirdi. Ular ShHT doirasida uning 15 yillik faoliyati davomida qabul qilingan", - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, ShHTga Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a'zo sanaladi. 2015 yilning iyulidagi Ufa sammitida tashkilotga Hindiston va Pokistonning kiritilish jarayoni boshlangani haqida xabar qilindi. Hammasi bo‘lib “ShHT oilasiga” kuzatuvchi davlatlar va sheriklar bilan qo‘shib hisoblaganda 18 ta mamlakat kiradi.

ShHT Kotibiyati tashkilotning ijro etish organi hisoblanib, Pekinda joylashgan. Kotibiyat ShHT ishini muvofiqlashtirish, axborot-tahlil, yuridik va texnik ta'minlash bilan shug‘ullanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid