Jahon | 09:30 / 24.01.2017
8075
3 daqiqa o‘qiladi

Bangkokda Xitoy taqvimiga ko‘ra Yangi yilni nishonlash bekor qilindi

Foto: RIA

Tailand poytaxti Bangkokda Xitoy taqvimiga ko‘ra kirib kelgan yangi yil munosabati uyushtiriladigan an'anaviy tadbirlar bekor qilindi. Bu marhum qirol Pxumipxon Adul'yadetga motam sababli ro‘y bergan. U 2016 yilning oktabrida vafot etgandi, deb xabar berdi Bangkok Post gazetasi poytaxtning hududida Chayta-taun bo‘lgan Sampxattxavong tumani ma'muriyatiga asosan.

Tailandda vafot etgan qirolga motam 2017 yil oktabr oyi o‘rtalariga qadar davom etadi.

Yaovarat (Bangkokdagi Chayna-taunning rasmiy nomi) ko‘chasidagi yangi yil tadbirlarini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror Xitoy taqvimiga ko‘ra yangi yilni Yaovarat ko‘chasida bayram qilishga doimiy tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qo‘mitaning umumiy yig‘ilishida qabul qilindi. Ko‘chada odatda tantanali namoyishlar , “ajdarlar” va yangi yil “sher”larining yurishi, kafe va restoranlarda esa barcha tashrif buyuruvchilar uchun bepul mehmondorchilik o‘tkazilardi.

Xitoy taqvimiga ko‘ra yangi yil “suzib yuruvchi” oy kalendari bo‘yicha nishonlanadi. Bu yil esa Tailandda bayram tadbirlari 27 yanvar-2 fevral kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Shu kunlarda etnik xitoyliklarga tegishli bo‘lgan barcha korxonalar yangi yil ta'tillari vaqtiga yopiladi. Davlat idoralari va banklar odatiy tartibda ishlaydi.

Bunday yangi yil Tailand poytaxtidagi Yaovarat ko‘chasida har yil nishonlanadi. Shuningdek, bayram tadbirlari shaharning boshqa tumanlarida ham o‘tkaziladi. Joriy yilda esa motam tufayli barcha joylarda faqatgina mushakbozlik va baland musiqa taqiqlanadi.

Bangkok shahri avvaliga etnik xitoyliklarning savdo qishlog‘i sifatida paydo bo‘lgan. O‘sha paytda Siam qirolligi (Tailandning eski nomi) Ayuttxaya daryosi oqimi bo‘ylab yuz kilometr teparoqda joylashgan. Bangkokka poytaxt XVIII asrning oxirida - Ayuttxayaning Siam-Birma urushi vaqtida Birma armiyasi tomonidan tor-mor keltirilganidan so‘ng ko‘chirilgan.

Mavzuga oid