Jahon | 10:40 / 24.01.2017
6724
2 daqiqa o‘qiladi

Gvatemala rahbari kazarmada hibsda ushlab turilgan ukasi va o‘g‘lining yoniga tashrif buyurdi

foto : ria.ru

Gvatemala prezidenti Jimmi Morales ukasi Samuel va o‘g‘li Xose Manuel korrupsiyaga aloqadorlikka gumon qilinib hibsda ushlab turilgan  "Matamoros" harbiy kazarmalariga 23 yanvarda tashrif buyurdi.

"Prezident va uning oilasi o‘g‘li va ukasini ko‘rish uchun kazarmalarga tashrif buyurdi", deb mamlakat ichki ishlar vaziri Fransisko Rivasning so‘zlarini keltirib o‘tdi Prensa Libre portali.

Gap xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi korrupsiya bilan bog‘liq. Moralesning ukasi 2016 yilda restoranlardan birining to‘lov hujatlarini qalbakilashtirilgan. Ularga ko‘ra 564 ta nonushta ko‘rinishida xizmat amalga oshirilgan. Bu nonushtalar uchun 2013 yilda 90 ming ketsal (11,5 ming dollar) to‘langan.

Prezident o‘zi qarindoshlari atrofidagi vaziyatni murakkab deb atadi, biroq qonun oldida hamma tengligini aytdi. "Qonun barcha boshqa narsalardan ustuvor bo‘lishi kerak", deb yozgan Morales tvitterda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid