Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonlik fuqarolar Rossiyada ikki-uchtadan oila qurib olishayotgani tanqid ostiga olindi
Moskva muftiysi va Moskva Jome masjidi imomi Eldor hazrat Alovuddinovning aytishicha, Tojikiston fuqarolari Rossiyada vatandagi oilalaridan yashirin ravishda ikki va hatto uchtadan oila qurib olishyapti. Vatandagi oilalari otaning yangi oilasi va farzandlari haqida umuman bexabar. Bu haqida “Rossiya dlya vsex” nashri xabariga asoslanib, Yangidunyo.uz sayti yozmoqda.
Imomning ta'kidlashicha, tojik musulmonlarning bu ishi din ko‘rsatmalariga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Buning yechimi sifatida muftiy tojikistonlik imomlarni tojik diasporasi bilan ishlashga undamoqda. Muftiy hazratlarining fikricha, Tojikistondan kelgan va u tilda muloqot qila oladigan din ulamolari ishlash uchun kelgan tojiklarning tilini topishi, ularga din ahkomlari haqida batafsil tushunchalar berishi va ularga amal qilishga chaqirishi mumkin.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026