Naşr ma’lumotlariga köra, hakerlar qölga kiritgan akkauntlar Britaniyaning Tailand va Mavrikiydagi elçixonalarida faoliyat yurituvçi IT-mutaxassislar, şuningdek Derbişir grafligi va Londondagi Uoltem-Forest tumani ma’muriyatlari xodimlariga tegişli.
Buzilgan akkauntlarga kiriş imkoni darknetda 60 ming AQŞ dollarigaça bölgan narxlarda sotuvga çiqarilgani qayd etilgan.
The Telegraph yozişiça, kiberhujum oqibatida kiberxavfsizlik yeçimlari bilan şuğullanuvçi Fortinet kompaniyasiga tegişli 80 mingdan ortiq fayrvol (tarmoq himoyasi qurilmalari) zarar körgan.
Naşrning ta’kidlaşiça, sotuvga qöyilgan ma’lumotlarning ayrimlari Britaniyaning muhim infratuzilma obektlari IT tizimlariga kiriş imkonini beradi. Jumladan, ular orasida Milliy soğliqni saqlaş xizmati (NHS), mamlakat böylab dori vositalari yetkazib beruvçi yirik kompaniyalar va energetika sohasi korxonalari ham bor.
The Telegraph bilan suhbatlaşgan kiberxavfsizlik böyiça mutaxassislardan biri ma’lumotlar tarqalişi «falokatli oqibatlarga» olib kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.
Uning sözlariga köra, NHS muassasalari, dorixonalar, laboratoriyalar va ularning hamkorlari aynan hujumga uçragan tizimlarga öxşaş dasturiy yeçimlarga katta darajada tayanadi. Şu bois, bu kabi ma’lumotlarning yomon niyatlarda qöllanişi bemorlar xavfsizligiga ham tahdid solişi mumkin.
Naşr kiberhujum ortida Kreml turganini tasdiqlovçi dalillar hozirça mavjud emasligini alohida qayd etgan. Biroq Rossiya hududida işlovçi ayrim hakerlik guruhlari xalqaro maydonda beqarorlikni kuçaytiriş vositasi sifatida körilişi va Moskva ularning faoliyatiga köpinça köz yumişi ta’kidlangan.
The Telegraph eslatişiça, 2024 yil may oyida Britaniya Hukumat aloqalari markazi (GCHQ) rahbari Enn Kist-Batler Rossiya hukumati mamlakatdagi nodavlat hakerlik guruhlarini tobora faolroq qöllab-quvvatlayotganini aytgan edi.
Naşrga köra, sönggi yillarda Germaniya, Polşa va Daniya ham bir neça bor yirik kiberhujumlarga uçraganini ma’lum qilgan. Uşbu davlatlar ayrim hujumlar uçun Rossiya bilan boğliq deb hisoblangan hakerlik guruhlarini mas’ul deb baholagan.








