Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda politsiya xodimlari to‘shak tagiga berkitilgan 20 million dollarni topishdi
AQSh politsiyasining xabar qilishicha, multi-milliard qalloblik bilan bog‘liq pullarni o‘zlashtirishda aybdor deb topilgan braziliyalik erkak qo‘lga olindi. Payshanba kuni uning Massachusets shtati, Vestboro shahridagi uyi to‘shagi tagidan 20 million dollarga yaqin mablag‘ topilgan. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
Boston federal politsiyasi 28 yoshli Kleber Rene Rizerio Rochani kuzatish natijasida pullarni topishga muvaffaq bo‘lgan. Mazkur pullar qariyb bir milliard dollarga yetib qolgan moliyaviy piramidaga aloqasi borligi gumon qilinmoqda.
Prokurorlar aytishicha, TelexFree Inc. kompaniyasi kommunikatsion xizmatlar yetkazib berishni va'da qilgan holda turli mamlakatdan deyarli millionga yaqin insonlarni aldashga ulgurgan. Shuningdek, ularning qayd etishicha, Rocha pullarni Hong Kong orqali noqonuniy o‘zlashtirib, Braziliyaga millionlab dollarlarni o‘tkazgan.
Kompaniyada ishlaydigan xodimlar insonlarga internetda reklamalar joylashtirishni va'da qilgan holda pullarga ega bo‘lishgan. Pul egalari o‘z mablag‘larini mazkur sxemaga yangi insonlar, jumladan, do‘st va yaqinlarni jalb qilgan holda qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Mavzuga oid
07:58 / 24.03.2026
“Robot sotib ol va boyib ket”: O‘zbekistonda navbatdagi moliyaviy piramida ommalashmoqda
12:36 / 06.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush dollarga talabni yana oshirdi. Nega?
18:35 / 22.02.2026
Navoiy va Toshkent shaharlarida qalbaki valutalarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi
18:54 / 02.02.2026