“Boş qarorgohimiz Gonkongda”

2026 yil 20 yanvar kuni “Seven jade manufacturing” MÇJ davlat röyxatidan ötkazilgan. Faoliyat turi ixtisoslaşgan ulgurji savdo bölgan MÇJning yagona ta’sisçisi Lin Nanzhou hisoblanadi.

Surat 01

MÇJga soliq qömitasi tomonidan QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötganligi töğrisida guvohnoma ham berilgan.

Surat 02

Ayni mana şu ikki hujjat Seven jade nomi ostidagi moliyaviy piramida taşkilotçilariga odamlarni göyoki faoliyatlari qonuniy ekaniga işontirişda yetarli bölmoqda.

Özbekiston uçun işlab çiqilgan “biznes reja”da “Seven jade manufacturing” boş qarorgohi Gonkongda joylaşgan qayta işlaş korxonasi ekani aytiladi. Bu “biznes reja”ni sun’iy intellekt tayyorlaganini anglaş qiyin emas.

Surat 03

Qolaversa, internetda Gonkongdagi uşbu kompaniya va Lin Nanzhou şaxsiga heç qanday ma’lumot yöq.

“Boy kelajakni birga quramiz”

Köplab moliyaviy piramidalar kabi Seven jade ham odamlar quloğiga yoqadigan balandparvoz gaplar orqali maqsadni ulkan olmoqda.

Surat 04

Telegram’dagi rasmiy kanalida Seven jade xalqaro darajada zargarlik buyumlarini işlab çiqariş va qayta işlaş bilan şuğullanuvçi kompaniya sifatida taniştirilgan. Kompaniyaning savdo tarmoği butun dunyoga yoyilgani, Özbekistonda ham yangi zavodlar qurib, buyurtmalarni tez va sifatli yetkazib berişni ta’minlayotgani aytiladi.

Qayd etilişiça, kompaniya “uç tomon uçun foyda” modeli asosida işlaydi: kompaniya işlab çiqarişni kengaytiradi, çet el buyurtmalarini bajaradi va foydani oşiradi, xodimlar barqaror iş örni hamda yaxşi daromadga ega bölib, hayot sifatini yaxşilaydi, hamkorlar investitsiya va yordam orqali kompaniya ösişidan uluş oladi.

Surat 05