Jamiyat | 19:03 / 25.01.2017
16388
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada 10 yoshli syorferning otasi o‘g‘li yoniga akula suzib kelganini suratga tushirdi

Avstraliyalik yosh syorfer Iden Xasson yirtqich baliqning o‘tkir tishlaridan mo‘'jiza tufayli qutulib qoldi. Uning otasi Kris dahshatli suratlarni olgan, unda oq akula o‘g‘lining taxtasiga tegishga bir baxya qolgani tasvirlangan.

O‘sha oqshom Iden Xasson sportning bu turi bilan mashg‘ul bo‘lgan, otasi Kris esa uni kuzatib, o‘g‘lini sohildan suratga olishga berilib ketgan. Kutilmaganda yosh sportchining yonida katta oq akula paydo bo‘ldi. Avvaliga bolakay ham, uning otasi ham uni payqashmadi. Ular bu holatdan faqatgina sohilda suratlarni kattalashtirib ko‘rgach, boxabar bo‘lishdi.

“Men suratga ko‘z tashlab, avvaliga o‘g‘limning taxtasi yonidagi oq izlar – bu dengiz o‘simliklari, deb o‘yladim. Biroq keyin o‘g‘lim bu akula ekanini aytdi. Uyga ketayotib hammaga qo‘ng‘iroq qildim va ularga fotosuratni ko‘rsatdim – hamma hayratga tushdi!”, degan Idenning otasi Kris Xasson.

“Suratni ko‘rib bu akula bo‘lganini darrov tushundim. Sababi men suzayotgan vaqtda suvda baliqlar to‘dasini ko‘rgandim”, deya ma'lum qildi yosh sportchining o‘zi.

Kris Xasson butun umri davomida syorfing bilan shug‘ullanib, o‘g‘liga ham bu sport turi sir-asrorlarini o‘rgatib keladi.

Kris dahshatli suratlarni Facebook’dagi o‘z sahifasiga joylashtirdi va “Bu og‘izga qarang – u Idenning yangi sariq gidrokostyumidan mahliyo”, deb izoh qoldirdi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid