Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Suriya mojarosini hal qilishdagi ta'siri ortib borayotganini ma'lum qildi
Anqaraning Suriyadagi mojaroli vaziyatni hal qilishdagi ta'siri so‘nggi yillarda oshdi, deb ma'lum qildi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim chorshanba kuni.
"Turkiya, shuningdek Rossiya va Eron tomonidan Ostonada Suriyadagi sulhni ta'minlash uchun tashabbus ilgari surildi. Muzokaralar o‘tkazildi, uch tomonlama kelishuvlarga erishildi. Turkiyaning mintaqadagi ta'siri oshgan. Bir yil avval hech kim bizning Suriya bo‘yicha pozitsiyamizni e'tiborga ham olmagan bo‘lsa, bugun takliflarimiz qabul qilinmoqda", - dedi Yildirim Anqarada adolat va rivojlanish Partiyasi mintaqaviy bo‘linmalari rahbarlari bilan uchrashuvda chiqish qilib.
Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralar 23-24 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Turkiya va Eron tashqi ishlar vazirliklari Suriya masalasini harbiy yo‘l bilan hal qilishning iloji yo‘qligi haqida umumiy fikrga kelishdi. Uchta davlat Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzishga urinishlarga birgalikda qarshi turish hamda yarashuvning buzilishi holatlarini kuzatib borishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026