Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Kobulda savdo uyi ochdi
2017 yilning 24 yanvar kuni Kobul shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Prezidentning maxsus vakili Muhammad Shokir Korgar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
Shuningdek, 23-24 yanvar kunlari Kobul shahrida O‘zbekiston delegatsiyasining sanoat assotsiatsiyalari va xo‘jalik subektlari vakillaridan iborat a'zolari afg‘onistonlik hamkorlari bilan alohida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazdilar.
Tashrif doirasida qisqa muddat ichida tashqi savdo aylanmasi ko‘rsatkichlarini 1,5 mlrd. AQSh dollariga yetkazish imkonini beradigan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy “Yo‘l xaritasi”; qo‘shma temir yo‘l va avtomobil yo‘li loyihalarida O‘zbekiston tomoni ishtirokini ko‘zda tutadigan Transport infratuzilmasi sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadlari to‘g‘risidagi Protokol; Xavfsizlik masalalari bo‘yicha Qo‘shma kommissiya tuzish maqsadlari to‘g‘risidagi protokol; O‘zaro anglashuv to‘g‘risida vazirliklararo memorandum; Narkotik vositalar, psixoterapik moddalar va ularning preskurorlarini noqununiy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risida ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida Bitim imzolandi.
O‘zbekiston va Afg‘oniston biznes tuzilmalari vakillari tomonidan dori vositalari va tibbiy jihozlar, “tez yordam” avtomobillari, bug‘doy, elektrmaishiy texnikasi yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 49.3 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.
Shuningdek, “O‘zsanoateksport” AJ savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Savdo uyi binosida mamlakatimiz tadbirkorlari mahsulotlarining doimiy faoliyat yuritadigan “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” ko‘rgazmasini tashkil etish ko‘zda tutilmoqda
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
10:15 / 17.06.2026