15:42 / 26.01.2017
7267

AQShda aktyor Shayya LaBaf Trampga qarshi norozilik aksiyasi vaqtida hibsga olindi

Amerikalik aktyor Shayya LaBaf Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi norozilik aksiyasi vaqtida hibsga olindi. Bu haqda Page Six nashri politsiyaga asosan xabar berdi.

Aktyor o‘zi tomonidan tashkil etilgan “U bizni ajrata olmaydi” tomoshasida ishtirok etib, uni onlayn translyatsiya qilgan. Bu vaqtda esa noma'lum shaxs aksiyani to‘xtatishga urinib ko‘rdi. Natijada LaBaf unga qarata zarba bergan.

Avvalroq OAVlari LaBafning norozilik aksiyasi to‘rt yilga mo‘ljallanganini xabar qilishgandi.

Shayya LaBaf 2014 yilda “Metamarafon” tashkil qilib, uning davomida Amsterdam Shahar muzeyi atrofida 144 marotaba chopib o‘tgan. 

Shuningdek, LaBaf 2015 yilda Nyu-Yorkdagi Angelika Film Center kinoteatrida “#allmymovies” (“mening barcha filmlarim”) aksiyasini tashkil qildi. Uning davomida aktyor o‘zi ishtirokidagi barcha filmlarni uch sutka davomida ko‘rib chiqqan. 

U aktyor sifatida “Transformerlar” va “Indiana Jons hamda billur bosh suyagi qirolligi” filmlaridagi rollari bilan mashhur.

Mavzuga oid
Top