Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gambiya prezidenti G‘arbiy Afrika davlatlari harbiylarining mamlakatda qolishlarini so‘radi
Gambiya prezidenti G‘arbiy Afrika davlatlari harbiylarini mamlakatda yarim yilga qolishlarini so‘radi.
Gambiyaning yangi prezidenti Adama Barrou unga ushbu lavozimni egallashga yordam bergan G‘arbiy Afrika davlatlari harbiylarini mamlakatda yana yarim yilga qolishlarini so‘radi. Bu haqda BMTning G‘arbiy Afrika bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Ibn Chambas ma'lum qildi.
Avvalroq BMT bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik BMT Gambiyada Barrouga hokimiyatning tinchlik bilan o‘tishini ta'minlash uchun o‘z personali sonini oshirishini ma'lum qilgandi.
"Gambiya prezidenti missiyaga yana 6 oyga qolish iltimosi bilan murojaat qildi. Qarorni G‘arbiy Afrika davlatlari iqtisodiy hamjamiyati qabul qiladi", deb aytgan Ibn Chambas.
Mavzuga oid
22:01 / 19.03.2024
O‘zbekiston va Gambiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
07:55 / 28.04.2020
BMTda koronavirus G‘arbiy Afrikada ocharchilikka olib kelishi mumkinligi aytildi
13:40 / 15.09.2019
Afrika g‘arbidagi davlatlar terrorizmga qarshi kurashishga 1 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
23:47 / 27.08.2019