Bu haqda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkilotining (FAO) Ğarbiy Afrika böyiça koordinatori Kumba Sou ma'lum qildi. 

Sou FAO saytida e'lon qilingan intervyuda uşbu mintaqada vaziyat juda qaltis ekanini ta'kidlab ötgan: uning aholisi uzoq vaqtdan beri oçarçilik, iqlim özgarişlari, çigirtka yopirilişi va qurolli ixtiloflardan aziyat çekib keladi. Aprel holatiga köra, Ğarbiy Afrikada 11 mln kişi oçarçilikda qolmoqda. Agar qat'iy çoralar körilmasa, yozda bu körsatkiç 17 mlngaça oşişi mumkin.

Yevropa pandemiyadan sekin-asta çiqayotgan bir vaqtda, Afrika, körinişiça, endi unga kirmoqda. BMTning baholaşiça, eng yomon vaziyatda “qora qit'a”ning butun aholisi kasallanişi, 3 mln kişi esa vafot etişi mumkin. 

Souning ta'kidlaşiça, koronavirus bilan boğliq vaziyatning yanada yomonlaşişi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oşişiga va oziq-ovqat zaxiralarining tugaşiga olib keladi. “Pandemiya çuqurlaşadigan bölsa, oziq-ovqat inqirozi bu mintaqada yana 50 mln kişiga ta'sir qilişi mumkin”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis. Uning aytişiça,  inqiroz birinçi navbatda aholining eng zaif qatlamlari – bolalar va ayollarga hamda köçmançi çorvadorlar va fermerlarga ta'sir qiladi.

Sou FAOning uşbu vaziyatdagi ustuvor vazifasi favqulodda munosabat çoralarini saqlab qoliş hisoblanişini aytgan. Taşkilot koronavirusdan aziyat çekkan xöjaliklarga yordam berişni, mavsumlar örtasida ijtimoiy himoyani ta'minlaşni va bozorlar faoliyatini qöllab-quvvatlaşni rejalaştirmoqda. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Ğarbiy Afrikada 8 ming kişi koronavirusga çalingan, 205 kişi undan vafot etgan.