Jahon | 13:40 / 15.09.2019
5076
1 daqiqa o‘qiladi

Afrika g‘arbidagi davlatlar terrorizmga qarshi kurashishga 1 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda

Foto: AP

G‘arbiy Afrika davlatlari mintaqada terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan qiymati 1 mlrd dollarlik harakatlar rejasini tasdiqladi. Bu haqda Magrib Arab Press agentligi xabar berdi. 

Mazkur qaror G‘arbiy Afrika mamlakatlari iqtisodiy hamjamiyatiga (EKOVAS) a'zo davlatlar sammitida qabul qilindi.

"Munozaralar yakuniga ko‘ra muhim qarorlar qabul qildik. Sammit terrorizmga qarshi kurashish uchun 1 mlrd dollarlik harakatlar rejasini tasdiqladi", - deb ma'lum qildi Niger prezidenti Mahamadu Issufu.

Qayd etilishicha, mazkur rejani amalga oshirish uchun EKOVAS davlatlari yaqin besh yil ichida mablag‘ ajratadi. Moliyaviy resurslar xususan, milliy armiyalarni mustahkamlash, "saxel beshligi" (Burkina-Faso, Mavritaniya, Mali, Niger va Chad) deb nomlanuvchi terrorizmga qarshi qo‘shinlarni va Chad ko‘li havzasidagi ko‘pmillatli qo‘shma kuchlarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi.  

Mavzuga oid