Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika rahbarining AQShga tashrifi chegarada qurilayotgan devor tufayli bekor qilinadimi?
Meksika prezidenti Enrike Penya Netoning AQShga 31 yanvar kuniga rejalashtirilgan tashrifi belgilangan muddatda amalga oshiriladi. Bu holat meksikalik siyosatchilarning uni Amerika yetakchisi Donald Tramp tomonidan chegarada devor qurish haqidagi qarori tufayli bekor qilish haqidagi chaqiruvlariga qaramay yuz beradi, deb ma'lum qildi Meksika tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray. Bu haqda Televisa telekanali xabar tarqatdi.
"Prezidentlarning (Meksika va AQSh) Vashingtondagi amaliy uchrashuvi kelasi seshanba kuni bo‘lib o‘tishi tasdiqlandi", - deb ma'lum qildi Meksika TIV rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasidagi avvaldan rejalashtirilgan muzokaralar "o‘z kuchida qoladi".
Meksikada Trampning Lotin Amerikasi mamlakati bilan chegarada "yirik to‘siq" qurilishi haqidagi bayonoti siyosiy arboblar va jamoatchilik vakillari orasida katta tanqidga sabab bo‘ldi. Meksikalik bir qator siyosatchilar Penya Netoni Amerika prezidenti bilan rejalashtirilgan uchrashuvni "darhol bekor qilishga" chaqirdi.
Shu bilan bir qatorda, Videgarayning xabar berishicha, devor qurilishi yuzasidan u Tramp jamoasi bilan Oq uydagi uchrashuvda "katta tashvishda" ekanini bildirgan.
"Biz Meksika hukumati tomonidan AQSh hukumati va xalqiga nisbatan qabul qilingan konstruktiv va ijobiy qarorlarga mos kelmaydigan jiddiy qadamlar qo‘yilishidan jiddiy tashvishdamiz", - deb ta'kidlab o‘tgan Meksika tashqi siyosat idorasi rahbari.
Penya Neto esa bir necha bor uning mamlakati Vashington bilan yaxshi munosabatlardan umidvor ekanini, biroq devor qurilishi uchun mablag‘ sarflamasligini ma'lum qilgan. "AQShning devor qurishni davom ettirish borasidagi qarorini qoralaymiz, - deya ma'lum qildi Meksika prezidenti chorshanba kuni Tramp tomonidan imzolangan farmonga izoh berib. – Men bir necha bor aytib o‘tganman: Meksika hech qanday devor uchun pul to‘lamaydi".
Mavzuga oid
08:49
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
10:30 / 17.06.2026