Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi bank pullarini qoplarda olib chiqib ketgan boshqaruvchi 7 yilga qamaldi
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklardan birining Samarqand viloyati Payariq tumanidagi boshqaruvchisi Alisher Karimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) bir qator jinoyatlarda ayblanib 7 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
“Huquq” nashrining yozishicha, bank mansabdori o‘zi tashkil etgan jinoiy guruhga rahbarlik qilib o‘nlab fuqarolar tomonidan omonat sifatida bankka topshirilgan 152 million 409 ming so‘m mablag‘ni hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan o‘zlashtirib yuborgan.
Bundan tashqari, mansabdor bank xazinasidagi 362 million 687 ming so‘m hamda 63 ming 580 AQSh dollarini qoplarga joylab, bemalol olib chiqib ketadi.
Shuncha qilmishlari kamlik qilgandek, keyinchalik boshqaruvchi o‘zi tuzib olgan jinoiy guruh bilan til biriktirgan holda, fuqarolar tomonidan bankdan olingan kredit evaziga garov tariqasida qo‘yilgan avtotransport vositalarini, garchi bankdan olingan kreditlari qoplanmagan bo‘lsa-da, soxta ma'lumotlar asosida ma'lum haq evaziga taqiqdan chiqarib yuboravergan.
Alisher Karimov 3 yil muddatga rahbarlik yoki moddiy javobgarlik lavozimlarini egallash huquqidan mahrum etilgan holda, 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Uning sheriklariga ham tegishli jazo tayinlandi. Shuningdek, fuqaroviy da'vogarlarga nisbatan yetkazilgan zarar to‘liq qoplanadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025