Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google’ga egalik qiluvchi xolding 2016 yilda qancha sof foyda olgani ma'lum bo‘ldi
Foto: PCworld.com
Google kompaniyasiga egalik qiluvchi Alphabet’ning 2016 yil yakunlariga ko‘ra sof foydasi 19 foizga ortib – 19,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Daromad esa 20,4 foizga ko‘payib, 90,3 milliard dollarga teng bo‘ldi.
IV chorakda Alphabet’ning sof foydasi 8,3 foizga o‘sib, 5,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, daromad hajmi – 22 foizga ko‘paydi, 26 milliard dollar.
Alphabet moliya direktori Rut Poratning ma'lum qilishicha, IV chorakdagi o‘sish kutilmaganda ro‘y bergan.
«Bu o‘sish daromadning yillik nisbatida 22 foizdan valyuta kurslarining doimiy ko‘rsatkichi fonida 24 foizga ortdi. Bu mobil qidiruv va YouTube yordamida yuz berdi».
Kompaniyada 2016 yilning IV choragi yakunlariga ko‘ra 72 ming 53 nafar ishchi mehnat qilgan. O‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 61 ming 814 insonni tashkil etgandi – o‘sish 16,5 foizga teng bo‘ldi.
Hisobot e'lon qilingach, Alphabet aksiyalari savdolar yopilganidan so‘ng deyarli 2 foizga pastladi.
Mavzuga oid
23:35 / 28.11.2025
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
22:05 / 28.11.2025
ChatGPT odamlarning ma’lumot izlash usulini o‘zgartirdi
12:21 / 12.11.2025
Google Germaniyada 2029 yilgacha 5,5 mlrd yevro investitsiya kiritadi
10:24 / 29.10.2025