Qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayollar jazoga tortildi
Samarqand shahrida qo‘shmachilik va fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar qo‘lga olindi. “Na postu” gazetasining yozishicha, shaharda istiqomat qiluvchi Tozagul ismli ayol avval O‘zbekiston Respublika JKning 135-moddasi (Odam savdosi) bilan sudlanib chiqqaniga qaramay, yana qing‘ir yo‘lga kirdi.
U fohishaxona tashkil qilib, qo‘shni viloyatdan bo‘lgan Nazira ismli tanishi yordamida qo‘shmachilik qilish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan.
Keyinchalik ayol Naziraning hujjatlarini olib qo‘yib, o‘z xonadonida bo‘lgani sabab ma'lum bir miqdorda mablag‘ berishi kerakligini talab qilgan. Tozagul o‘z tanishini bir necha oy davomida o‘ziga ishlashga majburlagan.
Biroq ayollarning qing‘ir ishlari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fosh etildi.
Samarqand viloyati IIB tergov boshqarmasi tergovchisi Eldor Sultonovning ma'lum qilishicha, qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan ayol tegishli tartibda jazoga tortilgan.
Mavzuga oid
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
14:20 / 15.10.2024