Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada 42 kishi sariq bezgakdan halok bo‘lgani tasdiqlandi
Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi 27 yanvarda oxirgi haftalarda 42 kishi sariq bezgakdan halok bo‘lganini tasdiqladi.
Ma'lum qilinishicha, hammasi bo‘lib 107 o‘lim bilan tugagan shubhali holat tahlil qilingan va ularning 42 tasi bo‘yicha tasdiqlovchi natija olingan, ya'ni odamlar sariq bezgakdan vafot etishgan. Yana 65 holat bo‘yicha tahlillar davom ettirilmoqda.
Shuningdek, 555 nafar bemor ushbu kasallik alomatlari bilan qayd qilingan. Ulardan 86 nafarida sariq bezgak tashxisi tasdiqlangan.
Kasallik bir necha hafta avval Minas-Jyerays shtatida qayd qilingan, so‘ngra boshqa shtatlarga tarqalgan.
Sariq bezgak o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uning qo‘zg‘atuvchisi chivinlar orqali tashiladi. Kasallik tropik va subtropik davlatlarda tarqalgan va og‘ir umumiy holat, og‘iz bo‘shlig‘i, oshqozon va ichakdagi qon ketishlar, buyrak va jigarning shikastlanishi, sariq kasal bilan tavsiflanadi. Sariq bezgak o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar toifasiga kiradi.
Mavzuga oid
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026
Prezident Braziliya tashqi ishlar vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:14 / 12.05.2026
Dunyoda eng ko‘p qahva qaysi davlatda yetishtiriladi?
18:23 / 27.04.2026