Jahon | 00:39 / 28.01.2017
7774
1 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn Rossiyadan sanksiyalar bekor qilinishi jarayoniga xalaqit qilmoqchi

AQSh senatori Jon Makkeyn AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

"Men hamkasblarim bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar qonun bo‘lishi uchun ish olib boraman", deb aytgan Makkeyn.

U bu qarorni "shoshqaloqlik" deb atagan va AQShning yangi ma'muriyati boshqa yo‘l bilan borishiga umid bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid