Jahon | 10:56 / 29.01.2017
5919
1 daqiqa o‘qiladi

ATA: Trampning taqiqlovi samolyotlar ekipajlariga ham joriy qilinadi

AQSh prezidenti Donald Trampning migratsiya siyosatini kuchaytirish to‘g‘risidagi farmoni ayrim samolyotlarning ekipaj a'zolariga ham tegishli bo‘ladi. Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi (IATA) AQSh hukumatidan olgan xabarnomasida shu haqda so‘z yuritilgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

AQSh bojxona-chegara xizmati IATA tashkilotini 28 yanvarda ogohlantirgan. Unga muvofiq, «Eron kabi mamlakatlar pasportlarining egalari, shu jumladan, ekipaj a'zolariga ham» AQShga kirish taqiqlanadi.

Bundan avvalroq, AQShdagi amaldagi vizalar bilan kelgan fuqarolar, vaqtincha mamlakatda qolishga ruxsat beruvchi sud qarorlarini olishgani xabar qilingan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid