Jahon | 09:29 / 29.01.2017
11390
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh ma'muriyati mulozimlariga lobbizmni taqiqladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh ma'muriyati mulozimlariga lobbichilik faoliyati bilan shug‘ullanishni taqiqladi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.

Xususan, davlat mulozimlariga boshqa mamlakatlar manfaatlari yo‘lida lobbichilik qilishga umrbod va boshqa turdagi lobbichilik uchun 5 yillik taqiq joriy qildi. 

Trampning qayd etishicha, u bilan ishlashni istaganlar diqqatini, o‘z kelajaklariga emas, Amerika xalqi foydasi uchun jamlashlari kerak. 

AQSh ma'muriyati vakillarining fikricha, bu taqiq «tarixiy mohiyatga ega». Xabar qilinishicha, hozircha, bu ko‘rsatmaga qanday amal qilinishi ma'lum emas. 

Avvalroq, Tramp AQSh Qurolli kuchlarini «qayta qurish» to‘g‘risida farmonni imzoladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid