Jahon | 00:33 / 29.01.2017
5933
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Britaniya bilan birgalikda harbiy samolyot yaratadi

Foto: AFP

Turkiya Buyuk Britaniya bilan qiruvchi samolyot yaratish bo‘yicha hamkorlik qilmoqchi, deb aytdi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim.

"Biz Buyuk Britaniya bilan yangi harbiy samolyot yaratish ustida ishlaymiz. Biz sal avvalroq milliy qiruvchi samolyot yaratish haqidagi kelishuvni imzolagandik. Bu kelishuvga ko‘ra ushbu ish ustida turk va britan kompaniyalari ishlaydi. Bundan tashqari, bizning xavfsizlik xizmatlarimiz aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlashni mustahkamlash ustida birgalikda ishlaydi va 2017 yil davomida bu bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi", deb aytdi Yildirim Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan birgalikdagi matbuot-anjumanida. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid